19-01-2022 | 22:34
450
Bugun Beruniy tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori R.T.Xalmuratov Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan tasdiqlangan reja grafigiga asosan, “Sarkop” OFY da navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda sektor rahbari bilan birga, tuman IIB boshlig'i, MFY raisi, ushbu hududga biriktirilgan hokim yordamchisi hamda Yoshlar agentligi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda, yoshlardan jami 15 ta taklif va murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, yer ajratish, to'lov kontrakti, mehnat qo'rollari, bandlik va ta'lim masalalari bo'lib, shundan, 2 nafar yoshning o'quv kursiga hamda
1 nafar yoshning kontrakt to'lovi masalasi ijobiy joyida hal qilindi, qolgan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Yanada eslatib o'tamiz hurmatli yoshlar va ularning ota-onalariga, hozirda sektorlarda “Yoshlar daftari” doirasida yoshlarga to'lab berilayotgan mablag'larning shaffofligini ta'minlash, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish imkoni beruvchi “yoshlardaftari” elektron platformasida ishga tushirilib, arizalarni qabul qilish to'liq elektronlashtirildi. Shuningdek, &talabagamadad-bot hamda “1093” qisqa raqamli koll-markazi orqali onlayn ariza qoldirish va murojaat holati to'g'risida ma'lumot olish imkoniyati yaratilgan.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari