Sayyor sud majlisi

14-09-2022 | 17:08

523

2022 yil 12 sentyabr` kuni jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, “Xalq bank” Beruniy tumani filidalida jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudining 2022 yil 21 aprel kuni, O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan sudlanuvchi M.F ga oid va shu sudning 2022 yil 18 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismining “a” bandi, 209-moddasining 1-qismi bilan sudlanuvchilar G.X S.R ga oid  jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hukm va xususiy ajrimni  muhokama qildi.

 

 ATB Xalq banki Beruniy filiali har bir fuqaroga kredit mablag'lari berayotgan vaqtida, ushbu kredit mablag'larini o'z vaqtida to'lab borishni, agarda to'lamagan taqdirda buning uchun javobgarlik belgilanganligini, firibgarlarning tuzog'igi tushib qolmasligini, kredit mablag'larini maqsadli ishlatishni, aytib tushuntirish berishlari lozimligi va korrupsiya bilan bog'liq holatlarga yo'l qo'ymaslik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish, “Korupsiyaga qarshi kurash to'g'risida”gi Qonun talablariga og'ishmay rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berdi.