Sayyor sud davomida nimalar ko’rib chiqildi?

07-01-2023 | 22:50

446

Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova,  Beruniy tumanidagi “Shobboz” OFY binosida, shu hududda yashovchi fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlari va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni sayyor sud majlisida ko'rib chiqdi.

Shuningdek, hozirgi kunda ko'payib ketayotgan jinoyatlar va ularning oldini olish borasida va “Odam savdosiga qarshi kurash” to'g'risidagi Qonun va “Korruptsiyaga qarshi kurash” to'g'risidagi Qonunning, shuningdek shu paytgacha qonun bilan ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslarni reablitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomalarini ko'rib chiqishga doir normalarni ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'tkazish hamda tegishli ishlarni ko'rib chiqishni ma'muriy sudlardan, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlariga o'tkazish to'g'risidagi 2022 yil 16 dekabrdagi 810-sonli qarorning mazmun va mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.