Sayyor soliq maslahatlari davomida 181 ta muammolar ijobiy hal etildi

06-05-2023 | 19:26

569

Bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda. 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 249-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 181-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

2023 yil aprel oyi uchun belgilangan reja 9 204,8 mln. so`m bo`lib, tumanimiz  soliq to`lovchilar tomonidan byudjetga 11 441,0 mln. so`m miqdorida soliqlar to`lanib belgilangan prognoz 124.3 foizga bajarildi

Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan tumanimizda 9 206 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.