Sayyor qabul Kadastr hujjatlari o'rganildi. Amaliy yordam va qonunchilikdagi o'zgarishlar

30-11-2022 | 09:45

390

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi A.Orinbaev Beruniy tumaniga tashrif buyurib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, keng jamoatchilik bilan uchrashuv o'tkazganidan xabaringiz bor.

Mazkur yig'ilish yakuni bo'yicha joylarda aholini qiynayotgan masalalar bo'yicha sayyor tartibda qabullar tashkil etilishi lozimligiga to'xtalib o'tgan edi. Beruniy tumani kadastr agentligi hamda Davlat kadastr palatasi hodimlari tomonidan, Tinchlik OFY aholisi bilan birga sayyor qabul o'tkazilib, fuqarolarning kadastr hujjatlaridagi tushunmovchiliklari o'rganildi. Qonunchilikda yuz berayotgan o'zgarishlar tushuntirilib 52 ta hujjatlar o'rganildi.

Qabulning ikkinchi kunida ham o’rganishlar davom etadi.