#Saylov jarayonlari

20-05-2022 | 23:26

429

#Saylov demokratiya ko'zgusi hisoblanadi. Bugun davlatimiz fuqarolari bu huquqdan unumli foydalangan holda, mahalla fuqarolar yig'inlari (raisi oqsoqoli) saylovida faol ishtirok etmoqda. Bugun ushbu saylov jarayoni Beruniy tumanidagi Istiqlol mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi. 


#Mahalladan saylovda ishtirok etgan fuqarolar o'zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi. Sanoq komissiyasi saylov byulletenlarining jami hisobini e'lon qilgach, yuqori ovoz bilan Baxodir Kazakov Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini raisi lavozimiga saylandi.                                                                                                               🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati