23-08-2022 | 17:28
418
#Fuqarolarimiz bugungi kunda o'z hayotidan, yaratilgan sharoitidan rozi bo'lib yashashi kerak. Buning uchun esa quyi tizim hisoblangan mahallada islohotlarni amalga oshirish, har bir oilaga kirib borish mahalladagi jamoaning vazifasi hisoblanadi.(mahalla jamoasi:mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi)
#Yashayotgan hududimizda yolg'iz keksalar, yordamga muhtoj oilalarga ko'mak berish zarur bo'lsa homiylarni jalb qilgan holda insonparvarlik yordamlarini ko'rsatish zarurdir. Beruniy tumanidagi Amir Temur mahallasida yolg'iz istiqomat qiluvchi Roza Karimovaning yoshi anchaga borib qolgan. Boshpanasi esa ta'mirtalab ahvolda bo'lib, mahalla jamoasining ko'magi bilan uy ichi ta'mirlanib, kerakli jihozlar bilan birga televizor ham olib berildi.
Bu bir oddiy misol yoki o'ta xayratlanarli hodisa bo'lmasligi mumkin ammo, 80 yoshni qoralab qolgan shu yillar ichida bunday yordam kutmagan, yaxshilarning ko'magidan baxramand bo'lgan nuroniyning bir olam baxtini, duoga ochilgan qo'llarini, ko'nglidagi pok niyatlarining guvohi bo'lasiz. Mahalladagi ezgu ishlarning bir debochasi inson qadrini ulug'lash kabi ulug' maqsadlarga yo'naltirilgan.Yaxshilikni har kim, har kun qilish kerak!
Fotolarda uyning oldingi va hozirgi holati aks ettirilgan.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari