Respublika tanlovlarini o'tkazish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi

21-06-2022 | 18:31

477

2022 yil 21 iyun` kuni Beruniy tumani hokimligi majlislar zalida Beruniy tumaniga kooperatsiya masalasi bo'yicha berkitilgan vakil S.Sharipov, “Ayollar daftari” masalasi bo'yicha berkitilgan vakil R.Abduraxmanov, tuman hokimining o'rinbosarlari U.Matirzaev va A.Qurbaniyazov hamda “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng namunali ish beruvchi ayol” Respublika tanlovi o'tkazilishi bo'yicha tashkiliy qo'mita hamda hakamlar hay'ati a'zolari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda atab o'tilgan tanlovlarni Beruniy tumanida namunali o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.