02-05-2022 | 21:15
426
Ramazon Hayit ayyomi mexr-saxovat va xayrli amallarni bajarish bilan birga, yaqinlarimiz holidan xabar olish, ularga har doimgidan ham ko'proq mexr-muruvvat ko'rsatish bayrami hamdir.
Shunday ulug' kun Hayit ayyomi munosabati bilan Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev Birlik mahallasida tashkil etilgan 1-sonli oilaviy bolalar uyida yashayotgan bolajonlarning holidan xabar olib, bayram sovg'alari bilan bordi.
Bolaning begonasi bo'lmaydi dastlab, mazkur oilaviy bolalar maskani noyabr oyida ishga tushirilgan bo'lib, Xo'jayli tumanidagi 1-son mehribonlik uyidan 7 nafar bolajonlarni bag'riga olgan edi. Baxrom Atabaev va Dilfuza Xajiboeva xonadonida hozirda 11 nafar bolajonlar ota-ona qaramog'ida, baxtli oilada tarbiya topmoqda.
#Baxtli oilaning bayram quvonchiga sherik bo'lgan mutasaddilar bugungi kunga shukronalik keltirib, dasturxon atrofida duoga qo'l ochdi, Qur'on tilovat qilindi. Oila egalari farzandlarining yutuqlaridan xursand ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
So'ngi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash va fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan amaliy harakatlar o'zining yangi davrini boshladi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bugun biz oila bag'rida, ota-ona himoyasida o'sayotgan mexrli ko'zlarni ko'rib o'zbek xalqining naqadar bolajon ekaniga yana bir bor amin bo'ldik. Shuning uchun aytidilarda “yaxshilikning mukofoti ham yaxshilik” deb. Atabevlar oilasi yaxshi insonlarni jamlagan, bugunning qahramonlaridir.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari