Quyosh panellarini o'rnatishning foydasi

28-02-2023 | 21:38

422

Beruniy tumani Tinchlik ovul fuqarolar yig'inida bugungi kunda aholi soni 10.325 nafar  hamda xonadonlar soni 2105 tani tashkil etadi. Shundan ko'rinib turibdiki, aholining elektr energiyaga bo'lgan ehtiyoji juda yuqori. Ayniqsa, so'ngi yillarda deyarli barcha xonadonlarda maishiy texnika vositalari ko'paygan. Fuqarolarga yanada qulay, ular uchun arzon elektr energiyasi bilan ta'minlab beruvchi quyosh panellarini o'rnatish esa zamon talabi desak adashmagan bo'lamiz. Tinchlik ovul fuqarolar yig'inidagi 2 ta xonadonga ham 3 va 5 kW quyosh panellari o'rnatilib, foydalanib kelinmoqda. Eng yaxshi tomoni kunduz vaqtlarida to'liq quvvat bilan ishlaydigan quyosh panellari bulutli ob-havoda 70%, kechasi esa 50% elektr energiyasi bilan ta'minlab beradi. N.Qutlimuratov o'z xonadonida 5 kW quyosh paneli va suv isitish uskunasidan foydalanib keladi. 2 yilda esa uskuna uchun sarflangan mablag' chiqarib olingan.

Deyarli elektr energiyaga pul sarflamasligini, buni tabiatdan quyosh orqali olishini aytdi. Ayniqsa, bu yilgi qish faslining o'ta sovuq haroratda kelishi aholining elektr energiyaga bo'lgan talabini oshirdi. Quyosh panellari o'rnatish uchun berilayotgan imtiyozli kredit va subsidiyalar esa xaridni yanada osonlashtiradi.