13-05-2023 | 18:26
554
Beruniy tumanida qizlar o'rtasida voleybol maktabini yaratgan va bu yo'nalishni bugungi kungacha davom etayotgan ustoz Shavkat Tojiboev 60 yoshga to'ldi. Ustozning yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishi, sportga keng qiziqtirishi natijasida voleybol o'yinlarida shogirdlarining respublika bo'ylab kuchli qizlar komandasini shakllantirdi.
Beruniy tumanidagi 38-sonli maktabning voleybol bo'yicha qizlar jamoasi 25 yildan buyon tuman va Qoraqalpog'iston Respublikasida mutloq chempion hisoblanadi. Shogirdlari “Chirchiq Skif” jamoasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati hamda O'zbekiston Respublikasi terma jamoalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Shavkat Tojiboev rahbarligida voleybol bo'yicha qizlar jamoasi “Umid nihollari” Respublika bosqichida 2002 yilda 4-o'rin, 2003 yilda 3-o'rin, 2016 yil Jizzax viloyati Zarbdor tumanida bo'lib o'tgan voleybol bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasi o'tkazilgan O'zbekiston ochiq birinchiligida faxrli 1-o'rinni, 2018 yil may oyida O'zbekiston birinchiligida 3-o'rinni egallagan.
Shavkat Tojiboevning fidokorona mehnatlari rahbariyat tomonidan munosib baholanib 2019 yilda “Vatan fidoyisi” ko'krak nishoni bilan, 2021 yilda “Qoraqalpog'iston xalq o'qituvchisi” unvoni bilan taqdirlandi.
Shavkat Tojiboev yubiley sanasi munosabati bilan sportning voleybol turidan 2006- yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi (U 17 yoshgacha) bo'lgan o'smir qizlar o'rtasida Beruniy tumani ochiq birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.Ushbu musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm viloyati jamoalari qatnashdi.
Musobaqa natijalriga ko'ra:
1- o'rin Jizzax viloyati
2- o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shaxri
3- o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani
3- o'rin Qashqadaryo viloyati jamolari egalladi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlarini Beruniy tumani hokimligi, Beruniy tumani sport maktabi, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlarni kasaba uyushmasi Beruniy tuman bo'linmasi hamda Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tamonidan diplom va medallar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari