QONUNCHILIK TARG'IBOTI

16-02-2022 | 21:43

878

Beruniy tumani Yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan bu borada muntazam ravishda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti V.Turaniyazov va M.Kamalovalar tomonidan joriy 2022-yilning 16-fevral kuni Beruniy tumani tibbiyot birlashmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-fevral kungi “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-752-son qonunining mazmun-mohiyati to'g'risida keng turda huquqiy tushunchalar berildi.

Ushbu qonunning 1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi 938-XII-sonli qonunining15-bandiga qo'shimchalar kiritilib, endilikda «nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar deb topilgan shaxslar bilan bir qatorda Chernobil AES dagi avariya tufayli mayib bo'lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo'lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga”ham tayinlanishini, shuningdek, «ta'lim tashkilotlarining o'quvchilari va talabalari o'qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to'lguniga qadar boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega» bo'lishlari haqida aytib o'tdi.

Shuningdek, ushbu qonunning 2-moddasiga asosanMehnat kodeksining 234-moddasi 5-qismidagi “3 yil” degan so'zlar “6 yil” degan so'zlarga o'zgartirilib, endilikda ayollarni bola parvarishlash ta'tilida bo'lgan davrining mehnat stajiga o'tadigan muddati ko'pi bilan 6 yilga o'zgargani haqida tushunchalar ham berib o'tdi.

Targ'ibot tadbiri davomida xodimlarining bevosita soha faoliyati bo'yicha qonunchilikka kiritilgan qo'shimchalar to'g'risidagi qiziqtirgan bir qator savollariga huquqiy tushunchalar berildi.