“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasiga ko'ra Beruniy tumanidagi 3 ta hududga 9.9 mln dollar mablag' ajratiladi.

24-11-2022 | 11:12

448

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg'armasi” ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 2021 yil 18 sentyabrdagi PQ-5246-son qaroriga asosan, Beruniy tumanidagi Shimom OFY va unga yondosh bo'lgan xududlar Obi xayot, Lolazor MFYlardagi ijtimoiy iqtisodiy muammolarni hal qilish maqsadida 9,9 mln. AQSH dollar ajratilish rejalashtirilgan.

 #Ushbu qaror ijrosi yuzasidan  “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg'armasi xodimlari Beruniy tumanidagi Shimom OFY va Obi xayot, Lolazor MFY xududlardagi ob'ektlarni o'rganib chiqildi.

#Shuningdek, BMT ning O'zbekistondagi xodimlari ishtirokida "Lolazor" MFYdagi aholi bilan uchrashib, muammo va takliflari aholi bilan suhbatlar jarayonida o'rganildi."Shimom" OFYda 1 ta maktabgacha ta'lim tashkilotini yangidan qurish, 2 ta maktabgacha ta'lim tashkilotini  rekonstruksiya qilish va 1 ta maktabning joriy ta'mirlash ishlari ko'rib chiqildi.