18-04-2022 | 22:47
474
Bugun Beruniy tumani “Sarkop” ovul fuqarolar yig'inida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-sonli qarorining ijrosi bo'yicha seminar o'tkazildi.
Seminarda Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi Vazirining birinchi o'rinbosari SH.J.Teshaev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o'rinbosari D.Qaypov, sektor va fermer xo'jaligi rahbarlari hamda tegishli soha vakillari, qishloq xo'jaligiga aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok qildilar.
Seminarda sabzavotchilik, poliz va dukkakli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda yerni ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish tartiblari, dehqon xo'jaliklari kooperatsiyalariga yaratilayotgan imkoniyatlar, bog' va ekinlarning belgilangan muddatlarda ekilishi va parvarish qilinishiga ko'maklashish, hududning suv bilan ta'minlanganlik darajasi va hududdagi aholining qishloq xo'jaligida to'plagan bilim va tajribalaridan kelib chiqqan holda
«Bir hudud — bir mahsulot» tamoyiliga asoslanib mahsulot yetishtirish borasida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, hududlarda paxta va g'alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, bog'dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish hamda bu borada aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali tarmoqda qo'shimcha o'sishga erishish borasida ham so'z yuritildi. Bu kabi yerlarning ajratilishi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini yaratishda va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda qo'shimcha manbaa hisoblanadi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari