Qishloq ho'jaligida muhim davr

13-04-2023 | 09:13

526

Bahor kelishi bilan qishloq xo'jaligi sohasida tinimsiz jarayonlar boshlanadi. Hosil urug'ini yerga qadashdan boshlab, to yetilib, yig'ib olingunga qadar bir qancha bosqichlardagi tinimsiz mehnat ostida yurtimiz dasturxonining to'kin, bozorlarimizdagi poliz mahsulotlarining arzon bo'lishini ta'minlaydi. Bu esa o'z-o'zidan xalq farovonligi va aholi daromadining ko'payishiga sabab bo'ladi.  

 

Beruniyliklarning dehqonchilikda o'ziga hos maktabi va tajribasi bor. Yerning unumdorligi esa hosilning yanada yaxshi yetilishini ta'minlaydi. Shabboz OFY Kuchkinov Qudrat fermer xo'jaligida 40 gektar kuzgi g'alla ekilgan bo'lib, hozirda agrotexnik tadbirlar to'liq olib borilmoqda.

40 gektar maydonga chigit ekish ishlari olib borilgan. 1 gektar bog' orasiga kartoshka ekilgan. Undan tashqari dala chetlari aholiga shartnoma asosida berilib, qovoq ekilmoqda. Shabboz OFY bo'yicha 2023 yilda 19 ta fermer ho'jaligi tomonidan, 623 gektar maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan. 471 gektar kuzgi g'alla ekilgan bo'lib, hozirda agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. 19 gektar maydonda esa oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida kartoshka ekilgan.

O'razboy Jumaniyazov mahalla fuqarolar yig'inidagi “Jumaniyazov 67” fermer ho'jaligida 8.7 gektar bog'dorchilik fermer xo'jaligi mavjud. Mevaning turli xilidan yetishtirilishi bilan birga, to'qson bosti ekinlar hamda sabzavot-poliz ekinlari bog' qator orasiga ekilib,

hozirda bir tekis unib chiqqan. Bog'dorchilikda asosan anor yetishtirilayotgan bo'lib, 2022-yilning o'zida 150 tonna anordan 200 mln so'mdan ortiq daromadga ega bo'lgan. Buning barchasi mehnatning, yer bilan tillashishning natijasi deydi “Jumaniyazov 67” fermer xo'jaligi rahbari Rustam Xajiboev. Beruniy tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov qishloq ho'jaligida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirib hudud dehqonlari bilan birga maslahatlashdi. Turkiya tajribasi asosida eksportga yo'naltiriladigan nok ko'chati ekilishi bilan ham tanishdi.