20-10-2022 | 10:17
410
#Qaror va ijro
#Otalarcha g'amho'rlik
#O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 656-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumanida uy joyga muhtoj, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
#Xususan bu borada Beruniy tumanida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jamshid O'razbaev 2003 yilda tug'ilgan. 4-sinf o'qib yurgan kezlari onasidan, 7-sinfda vaqtida esa otasidan ayriladi. Hayotning sinovlariga dosh bergan qahramonimiz, o'z ishchanligi va qat'iyatligi sabab ish bilan o'qishni teng olib bormoqda. Bolalarning ijtimoiy himosiga qaratilgan oqilona siyosat O'zbekistonda inson qadri uchun degan g'oya ostida o'z isbotini topdi.
#Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev boshchiligida Jamshid Urazbaevga tumandagi Gulzor massividan 1 xonali, barcha qulayliklarga ega zamonaviy tipdagi uy-joy tantanali ravishda topshirildi. Tumanning bir guruh faxriylari bu jarayonning guvohi bo'lib, yangi uyda yaxshi va quvonchli kunlar ko'p bo'lishini tilab duoga qo'l ochdi. Yana bir yoshimiz o'z hayot yo'lida yangi sahifani boshladi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari