18-01-2022 | 15:57
457
Aholining uy-joyga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash borasida Beruniy tumanida qator ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni asosida Beruniy tumani To'qimachi mahallasi, Kat ko'chasi bo'yida 2021 yilda 4 ta 5 qavatli turar joylar qurilishi boshlangan bo'lib, 2 tasi yangi tartibda 30 xonadonli va 20 xonadonli turar joylar, 2 tasi esa Qishloqqurilish loyiha MCHJ buyurtmasiga asosan 30 xonadonli turar joylar qurilish ishlari boshlangan. Sultonmurod qurilish obod MCHJ tomonidan 5 qavatli turar joyning qurilish montaj ishlari 100% bajarilgan va yanvar oyining oxiriga qadar topshirilishi rejalashtirilgan.
Tuman markazida boshlangan qurilish ishlari 2022 yilda ham davom etadi. Bu xaqda bizga Beruniy tumani qurilish bo'limi mutahassisi quyidagilarni ma'lum qildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaxarsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo'sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida 3 ta yer uchastkasi ko'p qavatli turar joylar qurilishi uchun “Er elektron” savdo maydonchasiga chiqarilgan.
Bundan tashqari tumandagi Gulzor massivida ham 30 ga yaqin ko'p qavatli turar joylar qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 7 qavatli 56 xonadonli turar joy qurilishi uchun Obi Xayot MFY hududida 2 ta ko'p qavatli turar joylar qurilishi uchun yer maydonlari savdo maydonchalariga chiqarilgan.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari