Qaror va ijro

18-02-2022 | 16:23

449

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o'tishni to'liq ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida» 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, O'zbekistondagi barcha joy, ko'cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ'ibot vositalari, reklama va e'lonlar, shuningdek, ish qog'ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida bo'lishi ta'minlanishi bo'yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berilgan. 

Mazkur topshiriqlarning ijrosini o'z vaqtida olib borish maqsadida Beruniy tumanida ishchi guruh, o'z faoliyati doirasida kirill alifbosida yozilgan reklama va e'lonlarni lotin alifbosida, imlo qoidalariga e'tibor bergan holda yozdirish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalarberdi va bir nechta joylarda yozuvlar  o'zgartirildi.                                

 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati