#Psixologik trening. Maqsad va hayot

13-09-2022 | 10:27

405

#Xotin-qizlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash ularga har tomonlama yordam berish, og'irini yengil qilish, jamiyatda ayollar rolini oshirish bo'yicha respublikada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

#Beruniy tumani 1-sektor hududi Guliston mahalla fuqarolar yig'inida 60 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj ayollar “Ayollar daftari” ga kiritilgan bo'lib, manzilli ravishda doimiy yordamlar ko'rsatilib kelinmoqda. 12 nafar ayollarning doimiy bandligi ta'minlangan bo'lsa, 8 nafar ayollarga kasb-hunarga o'qish uchun yo'llanmalar berilgan, yana 6 nafar ayollar tadbirkorlik boshlash istagida bo'lib hozirda tadbirkorlik bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirmoqda deb ma'lumot berib ótdi mahalla xotin-qizlar faoli Culzor Urazimbetova.

#Beruniy tumani 1-son kasb-hunar maktabida tashkil etilgan “Ijtimoiy moslashuv” markazida Guliston mahallasidagi ayol-qizlarga psixologik trening o'tkazildi. Jamiyatda ayolning o'rni, oilada ona va farzand, er va xotin munosabatlari, hayotga bo'lgan qiziqish mavzularida psixologlar tomonidan treninglar tashkil etildi. Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i, tuman hokimining o'rinbosari Sayyora Kozieva ishtrokchilar bilan suxbat olib bordi.                                              🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati