#Psixologik seminar treninglar

24-06-2022 | 09:33

625

 “PSIXOLOGLAR BIRLASHAYLIK” aktsiyasi doirasida “Posbonlarimiz faxrimiz” mavzusida  seminar trening bo'lib o'tdi.

Seminarda tuman IIB xodimlari ishtirok etdi. Beruniy tuman bolalarni ijtimoiy psixologik qo'llab-quvvatlash markazi psixologi A.YE.Matchanova seminarni ochib berdi va stressni bartaraf qilish maqsadida “Ruxiyat salomatlik garovidir” mavzusida tushuncha berib o'tdi.

 

Maktab psixologlar tomonidan psixologik treninglar tashkil qilinib tanishuv qismida  “Fazilatlar” metodi treningi 48-IDUM maktab psixologi A.Saribaeva tomonidan, “Men kimman?” metodikasi treningi 47-maktab psixologi SH.Abdullaeva tomonidan, “Mening portretim kuyosh nurida” trening mashg'uloti 60-maktab psixologi M.Abdujabbarova tomonidan, “ Bolaning xulqiga undagan sabablar”  “Farzandimga sovg'a”mashqi 52-maktab psixologi F.Jalilova tomonidan, “Orzular sharlarda” trening mashguloti  7-maktab psixologi J.Kulmanova tomonidan qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi seminarning yakuniy qismida  IIB hodimlari bilan  o'zaro fikr mulohazalar almashildi.