Prezident qarorlarining hududlardagi ijrosi

20-04-2023 | 16:05

549

“Odamlarimiz bugunidan rozi bo'lib yashashi kerak”. Prezidentimizning bu so'zi xalqimizning farovonligi buguni va ertangi kunidan rozi bo'lib baxtli yashashiga undovchi chaqiriqdir. So'ngi yillarda aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan qarorlarning hududlarda amalga oshirilishi esa fuqarolarning roziligiga sabab bo'lmoqda.

“Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52-son qarori hamda 408-sonli qarorlarning Beruniy tumanidagi ijrosi yuzasidan Prezident Administrasiyasi mas'ul hodimi A.Jonuzoqov hamda Xalq qabulxonasi Beruniy tumani bo'limi mudiri B.Allabergenov Mahtumquli OFY Undirish aholi manzilidagi ishlarning borishini o'rgandi va aholi bilan suhbatlashdi.