Press tur. Eksportyor korxonalar bo'ylab. Beruniy tumanida faoliyat yuritayotgan “Beruniy tekstil invest” va “Rayxon Apparel” MCHJ

20-05-2023 | 18:41

496

Ishlab chiqarish sohasining rivojlanishi hudud iqtisodiyotiga bevosita ta'sir qiladi. Aholining turmush sharoiti yaxshilanishi, ish bilan bandlik darajasi ham aynan sanoat sohasi va ishlab chiqarishga bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Qoraqalpog'iston Respublikasiga joriy yilning mart oyidagi tashrifi davomida 6 ta yirik korxonalarning ochilishi bo'lib o'tgan edi. Beruniy tumanidagi “Rayxon Apparel” MCHJ tikuv fabrikasi ham shu vaqtda davlat rahbarining tashrifida ishga tushirildi. Bugungi press-tur davomida korxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Hozirda asosan tikuv trikotaj tayyor mahsulotlar Hindiston, Pokiston va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi. Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikiladi. 300 nafar aholi doimiy ish bilan band qilingan. Asosan “Ayollar va yoshlar daftari” dagilarning ish bilan bandligi e'tiborga olingan. Tikuv fabrikasi Yaponiya, Turkiya texnologiyasi asosida jihozlangan. Rasmiy shourumda esa tayyor kiyimlar ko'rgazmasi joylashgan.

 “Rayxon Apparel” MCHJ tayyor kiyim ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

Loyiha qiymati 28.5 mlrd so'mni tashkil qiladi.

Quvvati: yiliga 5 mln. dona 15 turdagi tayyor trikotaj kiyim-kechaklar ishlab chiqarish.

Eksport hajmi: 8,0-10,0 mln. dollar.

Korxonada 2024 yilda umumiy qiymati 11 mln dollarlik trikotaj mato to'qish va bo'yashni tashkil qilish loyihasini ishga tushirish va 2000 tonnalik trikotaj mato ishlab chiqarish va qo'shimcha 3 mln.dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Ip kalava mahsulotini ishlab chiqarishga ihtisoslashgan “Beruniy tekstil invest” korxonasi paxtadan ishlab chiqarilgan ip kalavani Hindiston, Eron va Xitoy davlatlariga eksport qilishni yo'lga qo'ygan. 400 ga yaqin ishchilar 2 smenada ish faoliyatini olib boradi. Press tur davomida korxonaning faoliyati bilan tanishdik. Korxona laborotoriyasida ip kalavaning sifat tekshiruvlari olib boriladi. 

Press-turdan asosiy maqsad, yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarni xalqimizga yanada ishonchli va holisona yetkazish hamda korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdir.