PAYSHANBA - PROFILAKTIKA KUNI...

23-06-2022 | 15:31

492

Beruniy tumani Mudofaaga ko'maklashuvchi "Vatanparvar"  tashkilotida JIB Beruniy tumani sudi raisi R.Kamalova, IIB boshlig'i podpolkovnik M.Muratov, Adliya bo'limi boshlig'i S.Raimbekovalar ishtirokida profilaktika kuni o'tkazildi.

Unda tuman hududida aholi o'rtasida turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo'yicha huquqiy tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, Beruniy tumani IIB JXX probatsiya guruhining bir guruh probatsiya nazoratidagi shaxslarni jazolardan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to'g'risidagi taqdimnomalari ko'rib chiqildi. Bo'lib o'tgan sayyor sud majlisida, JIB Beruniy tuman sudi raisi R.Kamalova tomonidan taqdimnomalar qanoatlantirilib 11 nafar shaxslar jazolardan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

 

Beruniy tumani IIB JXX Probatsiya guruhi