O'zboshimcha qurilgan qurilish bo'yicha jinoyat ishi sayyor sudda ko'rib chiqildi. Hukm qanday bo'ldi?

22-06-2022 | 10:38

497

2022 yil 21 iyun kuni  jinoyat ishlari bo'yicha Bernuiy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, “Xorazm” MFY binosida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazib, unda shu sudning 2022 yil 18 apreldagi hukmiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi JKning 2291-moddasining 2-qismidagi jinoyatni ya'ni Beruniy tumani “Shimom” OFYda joylashgan tuman hokimligi zahirasida qoldirilgan yer maydonida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 90-moddasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 08 iyul kungi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 6243-sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to'g'risidagi hamda kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 66-sonli qarori talablarini qo'pol ravishda buzib, qishloq xo'jalik xaritasining 470-sonli konturidagi 0.06 gektar sug'oriladigan yerni o'zboshimchalik bilan egallab olib, tuproq ko'targan va 0.06 gektar yerning 50 m2 ga shlakoblokdan imorat qurish ishlarini amalga oshirgan M.M.ga nisbatan bo'lgan ishi yuzasidan chiqarilgan xususiy ajrim muhokamasida ishtirok etdi.

 

Muhokamada sud raisi R.N.Kamalova shaxsga tegishli bo'lmagan yer maydonlarni  o'zboshimchalik bilan egallab olib qurilish ishlarini amalga oshirish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishi uchun qonunda javobgarlik belgilanganligi, fuqarolarning shu kabi jinoyatlar sodir etishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushntirishlar olib bordi va shu mahllada sudning ish yurituvidagi ma'muriy va jinoyat ishlarini sayyor sud majlisida ko'rib chiqdi.