O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 213-sonli Farmoni Qoraqalpog'iston yangilanishlar bosqichida

19-10-2022 | 10:38

632

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIK, INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA INFRATUZILMALARNI JADAL SUR'ATLARDA RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHNING QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI QABUL QILINDI

 

Qoraqalpog'iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qo'shilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish, tadbirkorlarga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ko'lamini kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini ta'minlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish ustivor masala qilib belgilangan.

 Jumladan; Qoraqalpog'iston Respublikasida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish yo'nalishi doirasida 2022 yil 15 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun temir yo'l va aviayo'lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo'yicha amalga oshirilishi, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta'minlangan oilalarga qish mavsumini betalafot o'tkazish uchun (ko'mir, suyultirilgan gaz, oziq-ovqat, boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun) har bir kam ta'minlangan oilaga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam pullarini ajratilishi ko'rsatilgan.

2022 yil 25 oktyabrga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro'yxatga olingan har bir oilaga qish mavsumini betalafot o'tkazish uchun ajratilayotgan bir martalik moddiy yordam pullari to'liq to'lab beriladi.

  1. ATABAEV

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi tuman bo'limi boshlig'i, tuman Kengashi deputati.