19-10-2022 | 15:48
499
Yig'ilishni Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi raisi o'rinbosari M.Kadirov ochdi va olib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ttiz uchinchi yalpi majlisida ma'qullangan qonunlar va ko'rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tuman faollari o'rtasida targ'ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqarg'i Kengesi deputati,
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a'zosi senator Jalmenov Uliqbek Abilaevich tashrif buyurdi.
Shuningdek,bugungi yig'ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, ovul va mahalla fuqarolari yig'inlaridagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda umumta'lim maktablari ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha tag'ibotchilari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
2022-yil 7-oktyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'ttiz uchinchi yalpi majlisi bo'lib o'tdi.
Yalpi majlisda 11 ta masala, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to'g'risida”gi, “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida”gi, “Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida”gi, “Geografik ob'ektlarning nomlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi 6 ta qonunlari muhokama qilindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqarg'i Kengesi deputati, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat a'zosi senator Jalmenov Uliqbek Abilaevich Oliy Majlis Senatining o'ttiz uchinchi yalpi majlisida ko'rib chiqilgan masalalarga to'xtalib o'tdi .
3.“Geografik ob'ektlarning nomlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun mohiyati to'g'risida Beruniy tuman hokimi ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun
hujjatlariga roiya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi S.Yusupova axboroti tinglandi.
Beruniy tuman bo'limi boshlig'i I.Atabaev so'zga chiqdi.
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ko'rib chiqilgan masalalarning targ'iboti bo'yicha yig'ilish nihoyasida savollarga javob berildi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari