15-01-2022 | 11:17
430
Yil davomida O’zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman o’quv sport texnika klubida haydovchilikka o’qiyotgan yoshlarni yo’l harakati xavfsizligi va yo’l harakati qoidalari bo’yicha o’rgatishda yaqindan amaliy yordam bergani uchun QR IIV YHXV №1 TRIB boshlig’i podpolkovnik O’ktam Sabirov “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Kuatbay Razbekov boshchiligida “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan viloyat kengashi va tasarrufdagi tashkilotlarning raxbar xodimlari va faxriylar, hamkor tashkilotlarning
taqdirlash to’g’risidagi buyruqlariga asosan “Vatanparvar” tashkilotiga 30 yil” esdalik belgisi bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Shuningdek, yoshlarni yo’l harakati xavfsizligi va yo’l harakati qoidalari bo’yicha o’rgatishda yaqindan amaliy yordam bergani uchun Beruniy tuman
o’quv sport texnika klubi boshlig’i Sheripboy Matsapaev tomonidan QR IIV YHXV №1 TRIB katta inspektori katta serjant Alisher Kabulovga “Tashakkurnoma”berildi. Shuningdek, Beruniy tuman hokimligining bosh hisobchisi Nematulla Yangiboevga ham 2021 yil davomidagi hamkorligi uchun “Vatanparvar” tashkilotining tashakkurnomasi berildi. Kelajakda ham hamkorlikni davom qildirishga kelishib olindi.
👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari