“ONA TILIM AZIZ TILIM”. JOYLARDA BAYRAM TADBIRLARI

22-10-2021 | 08:07

710

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ona-tiliga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirilishi hamda tarbiya jarayonida “Ilk qadam” dasturi asosida ish olib borilishi, bolajonlarga milliylik va zamonaviylikni uyg’unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya berishga yo’naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Har bir voyaga yetayotgan bolajon yoshligidanoq ona tilini mukammal bilsa, chet tillarini o’rganishi ham oson bo’ladi. Beruniy tumanidagi 53 sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhi ishtirokida “Ona tilim aziz tilim” mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

1989 yil 21 oktyabr “O’zbek tiliga davlat tili berilgan kun” har yili respublikamiz bo’ylab keng nishonlanadi. Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to’lishi munosabati bilan tarbiyalanuvchilar she’r va qo’shiqlar ijro etib, bayramni yanada ko’tarinki ruxda o’tishini ta’minladi. Bayramga tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi S.Yusupova tashrif buyurib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati