Oltinsoylik aholining bugunidan roziligi Sektor rahbarining xalq bilan uchrashuvidan

06-09-2022 | 11:43

705

Beruniy tumani Oltinsoy ovul fuqarolar yig'ini tuman markazidan olisda hisoblanib og'ir hududga kiritilgan. Amaliy ishlarning bajarilishi natijasida hududda maktab filiallari qurilib, o'quvchilar uchun foydalanishga topshirildi. Xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanib natijada tadbirkorlarning soni oshdi. Aholi murojaatlariga asosan ko'chalar tekislanib, infratuzilma ob'ektlari yangilandi.

Hududda 5 ta oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ishga tushirildi. Tashabbusli byudjet orqali 13 kilometr yo'llarga qum-shag'al aralashmasi to'kilib, holati yaxshilandi.175 ta chorva mollari Qirg'iziston davlatidan keltirilib chorva kompleksi ishga tushirildi va 7 ta ish o'rni yaratildi.22 ta tadbirkorlik sub'ekti tashkil etildi va ishga tushirildi.Aholiga 1 mlrd 328 mln so'mlik kreditlar ajratilib, 75 nafar aholining bandligi ta'minlandi.

Umuman hududda amalga oshirilayotgan ishlar talaygina. Aholi bilan o'zaro kelishgan holda olib borilayotgan islohotlar hududning rivojlanishini ko'rsatmoqda.

 

 

Tumandagi Oltinsoy ovul fuqarolar yig'inida sektor rahbarlari A.Saparbayev boshchiligida aholi bilan sayyor qabul bo'lib o'tdi. Qabul davomida aholi murojaatlari tinglanib, bajarilishi bo’yicha topshiriqlar berildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi "Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur'atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-213-sonli Farmoni haqida sektor rahbarlari tomonidan aholiga keng turda tushuntirish ishlari olib borildi. Farmonda keltirilgan bandlarga alohida to’xtalib, hududning investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash to’g’risida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va shu orqali aholining farovon turmush tarzini shakllantirish haqida tushuntirildi. 

Sayyor qabul davomida mahalladagi to’rtlikning (mahalla raisi, mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi) hisobotlari tinglandi. Aholi murojaatlarini o'z vaqtida va haqqoniy hal qilish bo'yicha topshiriqlar berildi.