Oliy Majlisning 23 yalpi majlisi bo'yicha hududlarda targ'ibotlar

09-02-2022 | 21:13

397

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida ma'qullangan qonunlar va ko'rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan aholi o'rtasida targ'ibot ishlarini amalga oshirish, yuqori palataning tegishli qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini o'rganish, ushbu masalalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy yordam ko'rsatish hamda fuqarolar murojaatlari bilan joyida ishlash maqsadida tumanlarda tadbirlar o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 3-4 fevral` kunlari bo'lib o'tgan yigirma uchinchi yalpi majlisida 20 ta masala, shu jumladan 8 ta qonun ko'rib chiqildi.

Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi bilan kafolatlanadi. Har qanday global sharoitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod tar'lim-tarbiyasiga yanada jiddiy e'tibor qaratish muhim vazifalardan sanaladi.

Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida ushbu yo'nalishlarning huquqiy asosini takomillashtirishga oid bir qator masalalar senatorlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqildi.

Senatorlar va deputatlar tomonidan joylarga chiqqan xolda, belgilab berilgan har bir topshiriq va vazifalar mazmun-mohiyatini tuman hokimlariga hamda sektor rahbarlariga tushuntirish ishlarini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini yo'lga qo'yish bo'yicha targ'ibot ishlarini olib borish topshirildi.

Beruniy tumanida mazkur masalalarga bag'ishlangan yig'ilishga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari senator Botir Matmuratov va O'zXDPartiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegashi raisi Xalilla Yeshimbetov tashrif buyurdi.

Shuningdek, ushbu yig'ilishda tumandan saylangan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tumani Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, maktab direktorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Yig'ilishni tuman hokimining o'rinbosari Alisher Qurbaniyazov ochib berdi va olib bordi.

So'z O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari senator Matmuratov Botir Joldasovichga berildi.

Yalpi majlis davomidagi ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan senator keng turda tushuntirish berib o'tdi.

 Kun tartibidagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonuni yuzasidan so'z, Beruniy tumani Adliya bo'limi boshlig'i Rayimbekova Saltanat Maxsetovnaga berildi.

 Kun tartibidagi navbatdagi masala “O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni yuzasidan so'z, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha doimiy komissiya raisi Kazakov Baxodir Allayarovichga berildi.

 Kun tartibidagi navbatdagi masala “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonuni yuzasidan so'z, tuman Ichki ishlar bo'limi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmasi boshlig'i Yuldashev Islom Jumabaevichga berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala “Moddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonuni yuzasidan so'z, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'linmasi rahbari Kuzenbaev Nursultan Nurgeldievichga berildi.

Yig'ilish yakunida mazkur masalalarni aholiga yetkazish va targ'ibot ishlari Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlariga topshirildi.