Oila institutini mustahkamlashda milliy qadriyatlarning roli. O'quv amaliy seminar Beruniy tumanida o'tkazildi

22-11-2022 | 17:41

378

Bugun Beruniy tumanida Amudaryo, Beruniy, To'rtkul va Ellikqal'a tumanlarining mahalla xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy mavzusi “Mahalla xotin-qizlar faollari uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish metodikasi” bo'yicha o'tkazilgan bo'lib,  o'quv seminari davomida oila institutinii mustahkamlashda milliy qadriyatlarning o'ziga xos xususiyatlari, yoshlarga oilaviy qadriyatlarni singdirish metodlari kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ish yuritish tartib- tamoyillari, Gender tenglikni ta'minlashning o'ziga xos tamoyillari, oilaviy ajrimlarni paydo bo'lishining ilmiy aspektlari, notinch oilalar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari va metodikalari, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga psixologik yordam ko'rsatish mavzulari bo'yicha o'tkazilgan seminar davomida tinglovchilarga videoroliklar hamda qo'llanmalar orqali tushuntirildi va bilimlari mustahkamlandi.

 

Bugungi kunda oilalardagi o'zaro nizo oqibatida ajrimlarning ko'payishining oldini olish hamda bu borada hamkor tashkilotlar bilan tizimli ishlash bo'yicha kunning ikkinchi yarmida seminar davom etdi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, xotin-qizlarnining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda bir qancha mavzularda amaliy savol javoblar o'tkazildi.

 

Seminarda Oila va xotin qizlar davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari R.Turdibaeva, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi M.Axmedova, "Oila va xotin-qizlar" ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi G.Tleuovalar qatnashdi.

 

Shu bilan birga sog'liqni saqlash, bandlik, iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish, sport va ma'naviyat-ma'rifat bo'limlari, huquq-tartibot idoralarining mutasaddi vakillari ham ishtirok etdi.