“Og'ir hudud” va “Obod qishloq” dasturlari amalda

05-06-2022 | 00:10

540

#Bugun Beruniy tumanida Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F.Allambergenov, tuman hokimi A.Saparbayev sektor rahbarlari boshchiligida tuman hududidan olisdagi “Og'ir hudud” bo'yicha ishlar olib borilayotgan, Oltinsoy ovul fuqarolar yig'inida bo'ldi. Hudud aholisining murojaatlarini o'rgandi. 


#Oldin bu hududda davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati yo'q edi. 2022 yilgi investitsiya dasturi asaosida 3 milliard 700 million so'm mablag' evaziga 120 nafar bolajonlarga mo'ljallangan zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish ishlari boshlab yuborilgan.  

#Joriy yil hisobidan 58-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinflar uchun filiali ham qurilish ishlarini boshlagan. 


“Obod qishloq” dasturi. 2022 yilda tumanda Bo'ston mahallasidagi Yoshlik aholi manzili va Palvosh mahallasi kiritilgan. Hozirda infratuzilma ob'ektlarida ishlar boshlab yuborilgan.  

#Ichki tuproq ko'chalarning 20 kilometriga qum-shag'al aralashmasi, 5.9 kilometriga asfalt yotqizish ishlari olib brilsa, 8 kilometr axborot va aloqalashtirish, (internet tarmog'i)9 kilometr toza ichimlik suvi shuningdek, 120 o'rinli zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab qurilish ishlari olib boriladi. 

#Mazkur ishlarning borishi hamda aholining bu ishlar 
bo'yicha fikrini bilish maqsadida, Respublika prokurori F.Allambergenov bu joydagi aholi bilan ham suhbatlashdi.  

#Umuman ish jarayoni bo'yicha o'z takliflarini berdi. Bo'ston mahallasi raisi R.Aytbaeva qo'yidagicha aytib o'tdi. Hududdagi sayyor qabullar davomida aholining eng ko'p murojaatlari aynan Yoshlik aholi manzilidagi infratuzilma ob'ektlari bo'yicha bo'lar edi.

 
#Davlat rahbari tomonidan “Inson qadri uchun” g'oyasi ostida boshlangan bu amaliy harakatlar albatta, xalqimizning roziligi yo'lida olib borilayotgan ishlarning yaqqol namunasi deb 
bildirib o'tdi. 


#Chunki bu hududga aholi yaqin yillar ichida doimiy yashash uchun ko'chib kelgan bo'lib, yaqin yillar ichida yanada ko'payadi. Albatta bu o'zgarishlarni odamlarimiz har bir kunida his etadi va olib borilayotgan islohotlar natijasini biz bilan birga kuzatadi.                                  🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati