“Nuroniylar hamisha e'zozda” #Qariyalarni qadrlagan yurtda bayram nashidasi

05-05-2022 | 21:28

449

#Nuroniylarni qadrlash, ularning oq fotihalarini olish, mexr-muruvvat ko'rsatish yoshlarning burchidir. 

#2022 yil “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili” davlat dasturida nuroniylarga, yoshi ulug' keksa avlod vakillariga katta e'tibor berilgan. 

#O'zbek xalqida azal-azaldan keksalarga hurmat-e'tiborda bo'lish, ularni asrab-avaylab, maslahatlariga, nasihatlariga quloq tutish insoniylik xususiyatlaridan biridir.  

#Har qanday jamiyatning yoshi ulug' odamlarga bo'lgan e'tibori va g'amxo'rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Soddagina, o'zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko'rsatish ma'naviy hayotimizning tom ma'noda ajralmas qismiga aylangan.  

#Beruniy tumanida bo'lib o'tgan katta tadbirda ham, yurt rivojiga hissa qo'shgan keksa avlod vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Beruniy tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy hayotida faol ishtirok etgan, uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar bir davrada jam bo'ldi. 

#Bayramni tuman hokimi Atabek Saparbayev tabrik so'zi bilan ochib berdi. Bugun oramizda bo'lmasa ham, ko'p yillar tuman rivojiga hissa qo'shib fidokorona mexnat qilgan bir guruh faxriylarning qutlug' nomlarini Beruniy tumani hokimi aytib o'tdi.

#Oilada katta hayot tajribasiga ega bo'lgan ota-bobolarimiz, onaxonlarimizning o'giti, pand nasihatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlashda, odob-ahloq sirlarini o'rganishda, xalqimiz hayotida asrlardan buyon saqlanib, davom etib kelayotgan rasm-rusum va urf-odatlarni o'rganishda ular yaqin maslahatchiga aylanishgan.   

“Shunday insonlar borki, ular bugun oramizda bo'lmasa ham yodi qalblarimizda saqlanib, muhrlanib qolgan” deya faxriy insonlarning nomlarini keltirib o'tdi. 

“Bu insonlarning nomlarini eshitishimiz bilan ko'z oldimizga har birining ishlagan sohalari hamda yaxshi amallari, yurt rivoji uchun fidokorona hizmatlarining e'tirofi gavdalanadi. 
Ularning mexnatlarini qadrlagan holda, tarixni bugungi yosh avlodga yetkazish, o'rnak qilib ko'rsatish bizning asosiy vazifamiz. 

“Beruniy tumani rivojida o'chmas iz qoldirgan, bugun nafaqada bo'lishiga qaramasdan el-yurt og'izbirchiligi yo'lida yoshlarga kamarbasta bo'layotgan, o'z bilim va tajribasini o'rgatishdan charchamayotgan bir guruh nuroniylar oramizda”deya faxriylarning nomlarini bir-bir atab o'tdi. 

“Sizlar, o'z bor bilim va mahoratingizni ishga solib, fidoiy xizmat qilib, o'z sohasining yetuk kadrlarini, bir so'z bilan aytganda munosib shogirdlar tayyorlab, jamiyat rivojiga katta hissa qo'shdingiz. Ustoz-shogird amaliyotini qo'llagan holda boy tajribangizni o'rgatdingiz” deya o'z bayram tadbiridagi tabrigida keltirib o'tdi. 

Bir piyola choy ustida nuroniylar o'tgan zamonlarni eslab, bugungi kunga shukronaliklarini bildirdi. Tuman madaniyat hodimlari, 6-son bolalar musiqa va san'at maktabi yosh ijrochilarining mumtoz qo'shiqlari, xareografiya to'garagi raqslari bilan bayram yanada fayzli o'tdi.   

Nuroniylarni qadrlagan, ularning duosini olgan farzand hech qachon kam bo'lmaydi. Ularning nurli yuzlariga qarab shukronalik belgilarini, bugunidan rozi insonlarni ko'rish bilan birga, pand-nasihatga to'la so'zlaridan yoshlar yanada kuch-quvvat olib, yangi marralar sari intiladi. Nuroniylar hamisha e'zozda!                                                                                                                                                                                                       🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati