Noan'anaviy sovg'a Beruniy tumanidagi 2 ta mahallada

26-11-2022 | 17:35

449

5 tashabbus olimpiadasi Respublika g'oliblarining mahallalariga sport maydonchalari qurib berildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5 tashabbus” tobora keng rivojlanib, “mahalla-sektor-tuman-hududiy-Respublika” kabi o'ziga xos besh bosqichli olimpiada darajasiga chiqdi.

Sentyabr` oyida start berilgan “5 tashabbus” olimpiadasining ikkinchi mavsumida jami bo'lib, 25 ming 200 nafar yoshlar  qatnashib, Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga tumandan 76 nafar g'olib ishtirokchi yoshlarimiz munosib qatnashdi hamda musobaqa yakuniy natijasida Beruniy tumani yoshlari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 bronza medallarni qo'lga kiritdilar.

Respublika final bosqichida sportning “Stol tennisi” turidan 16-21 yosh toifasidan Bunyodkor MFYdan o'g'il bolalardan Xajibaev Azizbek va Xajibaev Anvar jamoasi munosib ishtirok etib faxrli 2-o'rinni egalladi hamda mazkur jamoalarning qo'lga kiritgan yutug'i natijasida Bunyodkor mahalla fuqarolar yig'ini hududiga “stritvorkaut” sport maydonchasi yangidan qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Bunyodkor va Xorazm mahallasida qurib ishga tushirilgan sport maydonlari Beruniy tumani hokimi A.Saparbaev hamda nuroniylar va keng jamoatchilik bilan birga mahalladagi yoshlar ixtiyoriga topshirildi.

Shu o'rinda aytib o'tish kerak, “Stritvorkaut” bu – ko'cha gimnastikasi bo'lib, havaskor sport turi, jismoniy tarbiya-fitness deb tasniflanadi hamda sport submadaniyati hisoblanadi. U turli xil mashqlarni ochiq sport maydonchalarida, ya'ni gorizantal barlarda, parallel panjalarda, tutqichlarda va boshqa inshootlarda yoki ularni umuman ishlatmasdan yerda ham bajarishni o'z ichiga oladi. Bu sport bilan shug'ullanganlar o'z vazni bilan ishlash, kuch va chidamlilikni oshirib borib, ham ruhan, ham jismonan sog'lom bo'ladi.