09-02-2022 | 22:11
279
Bugun 9-fevral so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning 581 yilligi Respublikamiz bo'ylab keng nishonlandi. Navoiy qalamiga mansub g'azal va ruboiylarni deyarli yoshligimizdan boshlab yod olamiz. Beruniy tumanidagi 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Buyuk zotga ta'zim” navoiyxonlik tadbiri bo'lib o'tdi.
Tashkilot tarbiyachilari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari bolajonlar tomonidan ijro qilindi. Tarixni bilish orqali milliy an'analarni saqlash va mexr-oqibatga yo'g'irilgan sahna ko'rinishlarini namoyish etdi, shu bilan bir qatorda Navoiy g'azallarini o'qib, tadbirni ko'tarinki ruxda o'tkazdilar. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati