#Navoiyxonlik Senator san'atga oshno o'quvchilar davrasida

09-02-2022 | 22:09

436

Beruniy tumaniga tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari senator Botir Matmuratov va O'zXDPartiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegashi raisi Xalilla Yeshimbetov XTB ga qarashli 65-sonli IDUM da o'tkazilgan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlangan navoiyxonlik kechasida ishtirok etdi.

 

Yuqori sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan “Guli monologi” mohirona ijro etildi. Navoiy g'azallarining kuyga solib yosh havaskorlar tomonidan aytilishi, barchaning olqishiga sazovor bo'ldi. Senator B.Matmuradov mamlakatimizda maktab ta'limiga berilayotgan e'tibor hamda Prezidentning har bir maktabda milliy cholg'ular bo'lishi, o'quvchi maktabni tugatayotganda bitta musiqa asbobini chalib bilishi kerak degan so'zlarini ta'kidlab, san'at yo'nalishining rivojiga alohida to'xtalib o'tdi.

 

Chunki ma'naviyat, madaniyat rivojlangan joyda, san'atga oshno avlod tarbiya topgan makonda turli ziddiyatlar bo'lmasligi, salbiy illatlarning tarqalishiga yo'l qo'yilmasligi tarixan sinovdan o'tganligi bilan ahamiyatlidir. Senator B.Matmuradov tadbir ishtirokchilariga kitob sovg'a qilib, ularning o'qishlarida omad tiladi.