Murojaatlar o'rganildi Sektor rahbarlarining qabuli

16-06-2022 | 17:05

465

Aholi murojaatlarini o'rganish, tahlil qilish va joyiga chiqqan holda hal qilish, fuqarolarning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi. Inson manfaatlari oliy qadriyat deya ish faoliyatimizni olib borar ekanmiz, har bir amaliy harakatimiz inson qadri, uning yaxshi yashashiga xizmat qiladi.

 

Bugun Beruniy tumani 3-sektor hududi Yangiobod mahalla fuqarolar yig'inida QR prokurorining o'rinbosari YE.T.Kaypbergenov hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

 

Qabul davomida jami 7 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, 1 ta murojaat mutasaddilar bilan o'rganish jarayonida hal qilindi. Ya'ni fermer ho'jaligining suv muammosi joyiga chiqqan holda hal qilindi. Nazoratga olingan murojaatlar o'rganilishi va belgilangan vaqtda bajarilishi yuzasidan rahbarlarga topshiriqlar berildi.