Muqaddas qadamjolarga e'tibor. Beruniy tumanidagi Sulton Uvays Qorayniy ziyoratgohi

06-12-2022 | 10:07

520

Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, To'rtkul va Ellikqal'a janubiy tumanlari o'zining tarixiy va madaniy me'rosi bilan tarix tamaddunida o'z o'rniga ega. Qizilqal'a, Al-Fir qal'asi, Ayoz qal'a, Guldursin qal'alarning qadim tarixi har birimizni olis o'tmish bilan bog'laydi. Tarixning sir-sinoatini o'rgangan sayin usha davr e'tiqodi, insonlarning turmush sharoitlari fanning yangi qirralarining kashf etilishiga sharoit yaratadi. Bu esa qadim an'analar, islom dinining taraqqiyot bosqichlaridagi o'ziga hos jihatlarini ochib beradi.

    Beruniy tumani Qoratog' tog' tizmalari etagida  “Sulton Uvays Qorayniy hazratlarining 10-19 asrlarga ta'lluqli bo'lgan ziyoratgohi, nafaqat O'zbekistonda balki xorijiy Islom davlatlarida xam ma'lum va mashhur bo'lgan muqaddas qadamjolardan biridir.

      Tarixga nazar solsak:

     Sulton Uvays Qorayniy hazratlarining tug'ilgan makoni Saudiya Arabistonidagi Qorayn qishlog'i bo'lib Payg'ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vassalamning g'oyibona do'sti deb yozilgan ekan. Islom dinini targ'ib qilish maqsadida O'rta Osiyoga arablar tomonidan boshlangan yurishlar natijasida, bu hududga kelgan degan qarashlar mavjud. Tarix sahifalaridagi ma'lumotlarga tayangan holda shuni aniqlash mumkinki, Mo'g'ul istilosi davrida mazkur ziyoratgoh xaroba ahvolga kelib qoladi. 18-asrga kelib Xiva xonlari tomonidan maqbara shaklida qayta tiklanadi. Xiva xoni Olloqulixon ichki tomoniga yozgi va qishgi ayvonlar qurdirib, ziyoratchilar uchun sharoit yaratgan. Yozgi ayvonda 6 ta, maqbaraning kirish qismida esa 2 ta yong'oq daraxtidan Xiva naqshlari o'yib ishlangan tarixiy ustunlar shu kungacha saqlanib qolgan.

     Xujralar esa maqbarada aylana shaklda qurilgan. Muqaddas qadamjoda tarixiy davrlarga oid “Valiy ota” “Chinor bobo” kabi qadimiy maqbaralar mavjud.

     Muqaddas qadamjoni bizdan keyingi avlodlarga obod va ko'rkam qoldirish barchamizning burchimizdir. Shuni inobatga olib, bugungi kunda ziyoratgoh atrofini ko'kalamzorlashtirish,  yo'llarni obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Hozirda ziyoratchilar va chet eldan tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yangidan masjid qurigan. Mazkur ziyorat maskani nafaqat Qoraqalpog'iston aholisi uchun balki Xorazm, Buxoro viloyatidan tashrif buyuruvchilar hamda qo'shni respublikalar Turkmaniston, Tojikiston va Qozog'istondan keladigan ziyoratchilar uchun ham eng muqaddas maskan hisoblanadi.