08-05-2023 | 10:56
507
9-may “Xotira va qadrlash kuni” aynan ushbu kun, tarixda insoniyat boshiga misilsiz kulfatlar keltirgan fashizm ustidan g'alaba qozonilagan kun sifatida nishonlanadi.
1941-1945 yillar 2-jaxon urushi ya'ni tarixda “Ulug' vatan urushi” nomi bilan qolgan, fashizmning dunyoga hukmronlik qilish g'oyasi xalqlar o'rtasida jaxon urushini keltirib chiqardi. Natijada urush 1945 yilning 9-may sanasida sovet ittifoqining g'alabasi bilan yakunlanadi.
Har yili an'anaviy ravishda “G'alaba kuni” ni nishonlash, ushbu kunda vatan tinchligi, insoniyatning baxti uchun jon fido qilgan o'g'lonlarning mangu xotirasi yod etiladi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach 1999 yil 9-may sanasini “Xotira va qadrlash kuni” deb qayta nomladi.
Beruniy tumanidan 1942 yil 18 yoshida qizil armiya safiga qabul qilingan O'razvoy Jumaniyozov urushda katta qaxramonlik ko'rsatadi. U 1924 yilda Sarkop ovulida, oddiy qishloq oilasida tug'ilgan.
1943 yil O'.Jumaniyozov 985-avtomatchilar polkiga qabul qilinadi. Markaziy frontda Dnepr uchun janglarda qatnashadi. Berilgan topshiriqni o'z jonidan kechib ado etgan O'.Jumaniyozov 1943-yili bedarak yo'qolgan. 1943 yil 17-oktyabrda SSSR Oliy soveti prezidiumining Dnepr qirg'og'i uchun bo'lgan janglarda ko'rsatgan qahramonligi uchun O'.Jumaniyozov Oliy darajadagi Sovet Ittifoqi Qahramoni Lenin ordeni va “Oltin yulduz” ordeni bilan mukofotlanadi.
Vatan uchun o'z jonidan kechib, dushmanga taslim bo'lmagan oddiy o'zbek yigitining nomi bugun mangu barhayot qahramon.
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o'tkazilgan tadbir Beruniy tumanidagi O'.Jumaniyozov nomi bilan atalgan mahallada, uning ramziy haykali o'rnatilgan qahramonning uy manziliga yaqin joyda bo'lib o'tdi.
O'.Jumaniyazovning oila a'zolari, qarindoshlari uning mardligini tadbir davomida ko'p eslashdi. Haykal poyiga gulchambarlar qo'yib, hurmat bajo keltirildi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'linmasi, hududdagi 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilaridan iborat bir guruh jamoalar ham bayramda munosib ishtirok etdi. O'.Jumaniyazovning xotirasi abadiylashtirilgan. Uning qahramonliklari, mardlik va jasorati bugungi avlod uchun katta ibrat maktabidir.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari