02-05-2023 | 11:00
499
Beruniy xalqining ajib bir odati bor erta bahordan bir qarich yerdan unumli foydalanib hosil olishni daromadini ko'paytirish uchun harakat qiladi. Beruniy tumani Maxtumquli ovul fuqarolar yig'ini aholisi ham bog'dorchilik tomorqa ho'jaligini rivojlantirishda alohida tajribaga ega.
Maxtumquli ovul fuqarolar yig'inida 6.187 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo'lsa, shundan, 2945 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, munosib mehnat jarayonlarini yaratish bo'yicha bir qancha natijali ishlar mahalla beshligi yordamida amalga oshirilgan. 4-bosqich “Ayollar daftari” ga 163 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo'lsa, shulardan 7 nafariga hokim yordamchisining tavsiyasi asosida imtiyozli kredit berilgan. “Ayollar daftari” ning 1-toifasida ya'ni ishsizlikda 94 nafar ayollar ro'yxatga kiritilgan. Ularga 10 yillik ijara shartnomasi asosida dala chetlariga poliz ekinlari ekish uchun yer ajratildi. Hozirda ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari 8 nafariga moddiy yordam berilgan.
“Ayollar daftari” da turib, hokim yordamchisining tavsiyasi asosida 33 mln imtiyozli kredit olib, “Oysuluv Sabina” MCHJ tashkil etish orqali xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirgan Gulxumor Serdalieva 2-guruh nogironi. Shunday bo'lishiga qaramasdan uy tomorqasi, issiqxona ho'jaligi bilan shug'ullanadi. Oila boshlig'i biogumus yetishtirib, sotuvni yo'lga qo'ygan. Pilla mavsumida pilla qurti boqish bilan ham shug'ullanadi. Uy oldida oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga mo'ljallangan do'kon ham tashkil qilib “Yoshlar daftari” da ro'yxatda turgan qizi Diyora Abishovaning ham bandligi ta'minlandi. Bir oilaning tinimsiz mexnat jarayoniga guvoh bo'lar ekansiz, uy sharoitida daromad olishning turli yo'llari bor ekanligi faqat oqilona foydalanish orqaligina natijaga erishish mumkinligini ko'rishingiz mumkin.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari