#Ma'naviyat festivali doirasida “Mexr muruvvat va sahovat” loyihasi

18-08-2022 | 21:15

530

Bugun Beruniy tumani Yoshlar markazi binosida “Yangi O'zbekiston ma'rifatli jamiyat” shiori ostida o'tkazilayotgan ma'naviyat festivali doirasida “Mexr muruvvat va sahovat” loyihasi ham tashkil etildi. Xech kim mexr va e'tibordan chetda emas. Ayniqsa maktab yoshidagi bolajonlar uchun mazkur loyihaga muvofiq, kitoblar va maktab o'quv qurollari berildi.

 

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ajratilgan sovg'alar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi "Ma'rifat targ'ibotchilari" jamiyati tomonidan keltirilgan bo'lib, tegishli mutasaddilar tomonidan topshirildi. Festival targ'ibotchilari o'z ijod namunalari orqali bolajonlarning ko'nglini hushnud qildi.