#Mahallada duv-duv gap turkumidan. #Hokim yordamchisining faoliyati.

07-02-2022 | 17:37

468

Beruniy tumanida 40 ta mahallada ish boshlagan hokim yordamchilari faoliyatini yoritar ekanmiz eng avvalo ish faoliyatini nimadan boshlayotganligi bilan qiziqdik. Istiqlol mahallasining hokim yordamchisi Ergash Taganov mahalladagi xonadonlarda yurib, fuqarolar bilan tanishdi.

Asosan ijtimoiy daftarda turgan oilalar, ishsiz fuqarolar va mahallada o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yganlar bilan uchrashib, muammolarini o'rgandi. Tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda hududda ish faoliyatini yo'lga qo'ygan va ancha tanilib ulgurgan “Yuldash Matmuratov OK” mebel ishlab chiqarish sexidagi ish jarayoni va tadbirkorning takliflarini o'rgandi.

Xozirgi kunda bu yerda 10 dan ortik odam ishlaydi. Suxbat jarayonida faoliyatini yanada kengaytirish, yangi asbob uskuna keltirilganligi bois yana 10 ta ish urni yaratilib ishsiz fuqarolarni ish bilan ta'minlash, kasbga o'rgatish va ustozlik qilish imkoniyati mavjudligini bildirdi.

Yana bir kichik tadbirkor Tajimova Dinora uyida kichik tikuvchilik sexi tashkil qilib, ustoz shogird an'anasi bo'yicha faoliyatini yulga kuygan. Xozirgi kunda 3 nafar shogirdlari bor. Kelgusida faoliyatini kengaytirish istagini bildirdi. Zamonaviy uslubdagi kiyimlarga buyurtma qabul qilib mahalladagilarga hizmat ko'rsatib kelmoqda.