Mahallabay ishlash tizimi bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi

29-11-2022 | 12:09

417

O'zbekiston Respublikasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimi I.Nabijonov tomonidan Beruniy, Ellikqal'a, To'rtko'l tumanlarida faoliyat olib borayotgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlari va hokim yordamchilariga “Hududlarda kambag'allikni qisqartirish yo'nalishida yangicha ishlash tizimini joriy etish mavzusiga” bag'ishlangan o'quv seminar tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish boshqarmasi bosh mutaxassis I.Nabijanov so'zga chiqib bugungi kunda mamlakatimizda inson manfaatlari eng oliy qadriyat tamoyili asosida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotganligi, eng avvalo aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan kompleks yondashuv va nostandart usullar joriy etilayotganligi, har bir fuqaroni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha motivatsiya, ko'nikma va moliyaviy ko'mak tamoyili asosida olib borilayotganligi alohida qayd etib o'tdi.