Ko'rgazmali seminar davomida

24-02-2023 | 18:56

447

Qishloq ho'jaligi sohasi har bir hududning yuragi hisoblanadi desak adashmagan bo'lamiz. Aholiga kerakli oziq-ovqat zaxirasini jamg'arishga tayyorgarlik ko'rishda ham aynan, qishloq ho'jaligida mavsum davomidagi hosilning barakasi bu ishlarning asosi bo'lib xizmat qiladi.

Chorvachilikni rivojlantirish esa go'sht va go'sht mahsulotlari hamda sut mahsulotlarining bozor rastalarida yanada arzon bo'lishini ta'minlaydi. Bugun Beruniy tumanida yer unumdorligini oshirish va chorva ozuqa bazasini yaxshilash hamda yer unumdorligini oshirish maqsadida beda ekishni tashkil qilish bo'yicha ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi. Chorvachilikning rivojlanishida ozuqa bazasini shakllantirishga alohida urg'u beriladi. Chorva komplekslari hamda chorvachilikka ihtisoslashgan fermer ho'jaliklariga, mazkur ishlarni o'z vaqtida tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Ko'rgazmali seminar davomida sektor rahbarlari, tuman hokimining qishloq va suv ho'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari T.Tangirbergenov, sohaga tegishli mas'ullar va ishtirok etdi.

 

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati