20-04-2022 | 22:46
403
#Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga Beruniy tumani 29-“Do'stlik” saylov okrugidan saylangan deputat Sayyora Imamova Mahtumquli ovul fuqarolar yig'inidagi nogironligi bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan fuqarolar holidan xabar olib, ramazon oyi tuhfalarini berdi. Ularning muammolarini o'rgandi.
#Hududdagi 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarini tingladi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga ko'ra, “Toza nur” aholi manzilida yashovchi fuqarolar Z.Dosimova, M.Abduraimovalar hududda elektr toki pastligi, ichki yo'llarning ta'mirtalab ahvoldaligi, oqava suv keladigan ariqlarning yo'qligi bo'yicha murojaat qildi.
#Murojaatlar bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilib, muammolarning hal qilinishi bo'yicha yordam beriladigan bo'ldi. Keyingi uchrashuv joyi Undirish aholi manzili bo'ldi. Bu yerlik aholini ham ko'p yillardan beri ichimlik suvi muammosi qiynaydi.
#2022-2024 yillarda dasturga kiritilgan bo'lsa ham, bu masala buyicha Respublika va hudud suv tarmoqlariga muddatidan oldinroq suv quvurlarini tortishda amaliy yordam so'rab, deputat so'rovi yuboriladigan bo'ldi.
#Undirish aholi manzilida yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Doston Allamov o'zini-o'zi band qilish bo'yicha motokultivator olishda yordam berishini so'radi.
#Shuningdek, hududdagi muammolar joyiga chiqqan holda o'rganildi.Deputat murojaatlarni tinglar ekan, albatta, o'z yechimini topadigan masalalar ekanligini aholiga tushuntirdi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari