Issiqxona sharoitidagi o'simliklarni parvarishlash bo'yicha "Dolzarb 15 kunlik".

07-02-2022 | 22:33

413

Qish faslida issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodiringlar nafaqat ichki bozorni ta'minlaydi balki chet davlatlarga ham eksport qilinadi. Gidroponika usulida yetishtirilayotgan poliz mahsulotlarini o'z vaqtida tekshiruvdan o'tkazish mazkur soha vakillarining zimmasidagi vazifalardan biridir. Qish fasli hukmron bo'lsa ham turli ko'rinishdagi zararkunandalar issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan mahsulotlarga ziyon yetkazmasdan qolmaydi.

 

Qoraqalpog'iston  Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Beruniy tumani bo'limi tomonidan "Shabboz" OFY hududidagi  "Kashfiyotchi Yoshlar"MCHJga karashli issiqxonada “sitrus inli kuyasi”, “sitrus oq qanoti”, “pomidor kuyasi” zararkunandalari hamda “pomidorning jigarrang bujmayish virusi”ga qarshi kurashish bo'yicha e'lon qilingan “Dolzarb 15 kunlik” tadbirlariga bag'ishlanib seminar o'tkazildi.

 

Seminar davomida sitrus mevalari hamda pomidorning zararakunanda va kasalliklari rivojlanishining oldini olishda bajariladigan agrotexnik tadbirlar hususida mutaxassis tomonidan kerakli tafsiyalar berildi.