22-08-2022 | 12:15
473
#Inson qadrini ulug'lash, uning manfaatini himoya qilish asosiy bugungi kun siyosatida ustuvor vazifa hisoblanadi. Aholi murojaatlari bilan ishlash davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning deyarli ko'pchiligi so'ngi 3 yil ichida uy-joy bilan bog'liq muammolar bo'lib, o'z vaqtida mazkur masalalarni tizimli hal qilish muhimligi har bir tuman hokimi zimmasiga yanada mas'uliyatni yukladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori asosida Qoraqalpog'iston Respublikasida uy-joyga muhtoj, noturar joylarda istiqomat qilayotgan hamda ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg'iz onasi, yolg'iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog'ida bo'lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga turar joylar berish bo'yicha qarori e'lon qilingach Beruniy tumani hokimligi tomonidan noturar joylarda yashayotgan 5 nafar oilalarga uy-joylar berish bo'yicha oilalar o'rganildi.
Ishchi guruh xulosalari asosida turar joyga o'ta muhtojligi bo'lgan 5 nafar oilalarga yangi uy-joylarning kalitlari topshirilib, yangi xonadonga yaxshi niyatlar bilan qadam qo'yildi. Uy-joylarni egalariga topshirishda tuman hokimi A.Saparbayev, mutasaddi rahbarlar, nuroniy faxriylar va bir guruh san'atkorlar ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari