Imkoniyati cheklangan fuqarolar e'tiborda

18-02-2022 | 09:04

406

Og'ir hudud aholisining holidan xabar olish, murojaatlarini o'rganish, ular bilan doimiy suhbat jarayonida bo'lish sektor rahbarlarining asosiy vazifasidir. Beruniy tumani hokimi, 1-sektor rahbari Atabek Saparbaev Oltinsoy ovul fuqarolar yig'inida yashovchi 2005 yilda tug'ilgan, imkoniyati cheklangan Jaxongir Sheripbaevning holidan xabar olib, unga elektr yuritmali kreslo aravacha berdi. Jaxongir tug'ma imkoniyati cheklangan hozirda uy sharoitida 10-sinfda tahsil oladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yyuil 9 avgustdagi PQ-5217-son qarorga asosan elektr yuritmali kreslo aravachalar chet davlatdan olib kelingan.  

Beruniy tumaniga 8 dona keltirilgan bo'lib o'z arizalariga ko'ra egalariga topshirilmoqda. Tuman hokimi oilaning ahvolini o'rgandi, shuningdek, Jaxongirga noutbuk berishni va'da qildi. Ota-onaning eng katta orzusi farzandining mustaqil ravishda harakatlanishini ko'rishdir. Bugun esa Jaxongirning onasi shu quvonchlarini yashira olmadi. Davlatimiz tomonidan aholining kuchli ijtimoiy himoyasiga asoslangan siyosat yuritishining negizida fuqarolarning salomatligi, yaxshi yashashga bo'lgan haq-huquqining to'laqonli kafolatlanishi bilan ahamiyatlidir.                                                                                                                                

 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati