05-05-2022 | 21:30
434
#O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosarining Beruniy tumanida aholi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
#Beruniy tumani Abay ovul fuqarolar yig'inida o'tkazilgan qabulda, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari Ikramov Muzraf Mubarakxodjaevich, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vaziri Mambetkadirov Saylaovbay Amanbaevich, Beruniy tumani adliya bo'limi xodimlari qabul qildi.
#Sayyor qabul jarayonida tumandagi tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida tuman aholisining huquqiy masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularning ayrimlari joyida hal qilindi.
#Jumladan, qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolar ishga joylashish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tug'ilganlik haqida guvohnoma olish va boshqa masalalarda murojaat qildi.Kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi joyida hal qilindi, shundan 8 tasi qanoatlantirilib, 2 tasiga tushuntirish berildi.
#Xususan, 2 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi, "Ayollar daftari"da turgan 2 nafar ayollar jamoat ishiga jalb qilindi, nogironligi bo'lgan 2 nafar fuqarolarga nogironlik aravalari topshirildi, 2 nafar fuqaroga tug'ilganlik haqida guvohnoma berildi.
#Bundan tashqari, 8 nafar fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari o'rganib chiqish uchun nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari