17-09-2022 | 16:53
419
#Beruniy tumanidagi Nayman mahallasi bilan tanishar ekanmiz, aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishini bilish unchalik qiyin emas. Keng dalalar, shu bilan birgalikda bog'-rog'lardan iborat bu hududda yanvar oyidan ish boshlagan hokim yordamchisi Sherzod Xudayberganovning faoliyatini o'rgandik.
#Tizimli ishlash jarayoni mahalladagi har bir xonadonlar bilan tanishish va xatlov jarayonidan boshlandi deydi biz bilan suhbatda hokim yordamchisi. Mahalladagi beshtalik jamoa bir-birimizni to'ldiramiz. Chunki biz bir oilamiz. Har bir xonadonning moliyaviy va ijtimoiy ahvolini o'rganib, ularni o'zlari qiziqqan sohalar bo'yicha yo'naltirish asosiy vazifamiz deya aytib o'tdi.
#Aholi soni 6294 nafar bo'lgan Nayman mahallasida 4 ta maktab, 9 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 1 ta oilaviy poliklinika mavjud. 3 kilometrdan ortiq tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilib tekislandi bu ham aholi uchun bir qulaylik sanaldi.
#Mahallaning drayver sohalaridan tashqari tadbirkorlikni tashkil qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.Non va non mahsulotlarini tayyorlash sexi ishga tushirilib, 2 ta yangi ish o'rni yaratildi.
#Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish bugungi kunning talabi, shuni hisobga olgan holda 1 mlrd 910 mln so'mlik imtiyozli kreditlarni shu yo'nalishga qaratish natijasida 56 nafar fuqarolar kredit olib faoliyatini boshladi. Ushbu ajratilgan kreditlar maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring ishlari xar oyda olib borilmoqda.
#Yuqorida ajratilgan imtiyozli kredit natijasida 3ta xo'jalik yurituvchi sub`ektlar tashkil qilinib, 12 nafar fuqaro doimiy ish hamda 65 nafar fuqarolar o'zini-o'zi band qilib faoliyat yuritmoqda.
#Qishloq ho'jaligida esa, hududda qovun va sabzi yetishtirilayotgan ho'jaliklarda bu yil hosil yaxshi. Shunga yarasha foyda ham olish niyatidamiz deydi dala boshida hosil yetishtirayotgan dehqon. Umuman hududda olib borilayotgan ishlar bugungi kunda odamlarning hayotdan rozi bo'lib yashashi borasidagi amaliy ishlarning natijasi desak haqiqatni aytgan bo'lamiz.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Besh tashabbus
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari